баннер
13 Mar 2025
22:04

    Bakalavriatga qabul uchun baholash mezonlari oʻtgan yilgi qabuldek qoldirildi

    2025/2026-oʻquv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari oʻtgan yilgi qabuldek qoldirildi.

    Unga koʻra:

    Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

    • Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
    • Matematika x 10 ta;
    • Oʻzbekiston tarixi x 10 ta;

    30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

    Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

    • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
    • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
    • 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

    2025/2026-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech