Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari oʻtgan yilgi qabuldek qoldirildi.

Unga koʻra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  • Matematika x 10 ta;
  • Oʻzbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

  • 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
  • 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
  • 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.