Tarkibidagi S vitamini kuchli antioksidant hisoblanadi va infektsiyalarga qarshi kurashadi. V6 vitamini esa qonimizdagi glyukoza miqdorining meʼyorda boʼlishida va asab tizimining sokinlashishida yordam beradi.

Banan tarkibidagi temir qondagi gemoglobin miqdorini koʼpaytiradi. Kaliy va magniy esa yurak qon-tomir tizimi faoliyatiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Miya hujayralarini kislorod bilan toʼyintiradi, organizmdagi suv-tuz balansini meʼyorlashtiradi..

Banan isteʼmol qilish, kayfiyat koʼtarilishiga va organizmda xursandchilik gormoni serotonin yuksalishiga yordam beradi. Tarkibidagi minerallar qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak qon-tomir va oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Kaliy organizmdagi suyuqlikni kamaytiradi va qon bosimini meʼyorlashtiradi..

Banan magniyga boy boʼlgani uchun uni bahorgi avitaminoz va kuzgi depressiya davrlarida koʼproq isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Tarkibidagi askorbin kislotasi esa metobolizm yaxshilanishida yordam beradi.

Banan qon quyultirish xususiyatiga ega boʼlgani uchun, qoni quyuq boʼlgan kishilar kamroq isteʼmol qilishlari tavsiya qilinadi.

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Oʼzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan 58,6 ming tonna banan import qilgan. 

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,1 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning 10 oyida Oʼzbekiston eng koʼp Ekvador (57,8 ming tonna), Qozogʼiston (531 tonna), Turkiya (335,2 tonna), Qirgʼiz R. (238,2 tonna), Rossiya (58,4 tonna), Hindiston (20,8 tonna) kabi davlatlardan banan import qilgan.