Bandlik masalasida Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilyapti

    Ijtimoiy hayot 14 Yanvar 2021 1133

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasining yirik qurilish kompaniyalari — “PIK-Industriya” AJ va “TexStroy” MCHJ korxonalari rahbariyat vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Mehmonlarga Oʻzbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Suhbat davomida bu boradagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari xususida fikr almashildi.

    Ushbu tashrif davomida “PIK-Industriya” AJ va “TexStroy” MCHJ korxonalari vakillari quyidagi boʻsh ish oʻrinlari uchun tanlov oʻtkazadi:

    - Montajchi (montajnik-santexnik),

    - Elektr payvandchi (elektrosvarщik),

    - Elektr montajchi (elektromontajnik),

    - Gʻisht terish (kamenщik),

    - Armatura (armaturщik),

    - Qoliplash (formovщik),

    - Yuk joylash (stropalщik),

    - Ichki pardozlash (otdelochnik), deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

    Xabarda shuningdek, tanlovning 15-19-yanvar kunlari — Fargʻona shahri, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosida (Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari aholisi uchun);

    20-23-yanvar kunlari — Urganch shahri, Yoshlik koʻchasi 24-uy. Urganch xizmat koʻrsatish va servis texnikumi binosida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun);

    25-31-yanvar kunlari — Samarqand shahri, Spitamen shox koʻchasi 270-uy. Samarqand transport kolleji binosida (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri aholisi uchun) oʻtkazilishi maʼlum qilingan.

    2021-yilning oxiriga qadar ushbu kompaniyalarda jami 14 000 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini ishga joylashtirish imkoniyati mavjud ekanligi ham taʼkidlandi.