Tadbirda Urganch shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln soʻm pora evaziga vaqtincha ishsizlik roʻyxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln soʻmni olib, qolgan 2 mln soʻmni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.