Bunda, eng avvalo aynan jinoyat sodir qilgan shaxsning yashash joyida mahalla masʼullari, faollar va keng jamoatchilikning ishtiroki taʼminlandi.

 

Muhokamada, Buxoro shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir vaqtida, shaharning A.Temur koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Sh yashash uyida tanishlari bilan giyohvandlik vositalarini chekish yoʻli bilan isteʼmol qilishga sharoit yaratib, bangixona tashkil qilish va giyovandlik vositalarini saqlash jinoyatini sodir qilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilganligi va mazkur holat yuzasidan R.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi maʼlum qilindi.

 

Buxoro shahar IIO FMB boshligʻi podpolkovnik B.Z.Sharipov mahalla faollari va yigʻilish qatnashchilariga xozirgi vaqtda Respublikamizda olib borilayotgan “Mening mahallamda jinoyat sodir boʻlmasligi kerak” degan tamoyilning mazmun mohiyatini tushuntirib, har bir fuqaro oʻzi yashab turgan mahallada profilaktika inspektori bilan bir xilda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga masʼul ekanliklari, ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning eʼtiborsizligi sababli hududda jinoyat sodir qilinishiga yoʻl qoʻyilganligini taʼkidlab, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida hushyorlikni oshirish lozimligi toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtidi.

Muhokama yakunida mahalla masʼullari hamda faollarning fikr va takliflaridan kelib chiqib, ushbu mahallada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha hamkorlik samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati