Bangkok gubernatori (meri) Chatchat Sittxipxan o'z bayonotida Bangkokda joylashgan davlat tashkilotlari va bir qator xususiy kompaniyalar rahbarlaridan xodimlarga shu kunlarda imkon qadar uydan turib ishlashga ruxsat berishni so'radi. Bayonot davlat va xususiy tashkilotlarga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga yuborildi.
Bangkok ma'muriyatining havo sifati xizmati ma'lumotlariga ko'ra, chorshanba kuni shaharda mikrozarrachalar bilan ifloslanish darajasi bir necha soat ichida havoning kubometri uchun 39-45 mikrogrammdan 86-75 mikrogramga ko'tarilgan.
Shunga qaramay, shahardagi maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalari odatdagidek ishlamoqda, chunki hokimlik va maktablarning sa'y-harakatlari bilan ularda maxsus xonalar ajratilib, ular nafaqat konditsionerlar, mikrozarrachalarni to'xtatib qoluvchi kuchli havo filtrlari bilan ham jihozlanagan, deb xabar beradi ria.ru.