Hodisa oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik shaxs og‘ir tan jarohat olishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, ushbu avtohalokatda turli tan jarohati olgan yana uch nafar hamyurtlarimizga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonadan javob berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.

O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarimizga kerakli tartibda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilib, hozirgi vaqtda jasadni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.