Bu haqda Bangladeshning Prothom Alo axborot portali yong'in xavfsizligi xizmatiga tayanib xabar berdi.
Unga ko'ra, kamida 20 kishi jarohatlangan bo'lib, ularning aksariyati talabalardir.
Barcha jabrlanganlar kuyish va plastik jarrohlik milliy institutiga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, samolyot Uttara tumanidagi kollej oshxonasi tomiga qulagan, bu vaqtda u yerda darslar bo'lib o'tayotgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, samolyot havoga ko'tarilgandan so'ng tezda ta'lim muassasasi oshxonasi binosiga qulab tushgan.
Favqulodda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Samolyot halokati yuzasidan tergov boshlandi, deb xabar beradi tass.ru.