Bangladesh: suv toshqinidan to'rt milliondan ziyod odam jabrlandi

    Bangladesh janubi-sharqidagi Feni shahrida suv toshqini 11 tumanni qamrab oldi va 1,5 millionga yaqin shaharning katta qismini suv ostida qoldirdi.

    Odamlar o'z narsalarini boshlari ustidan baland ko'tarib, loyqa suv orqali xavfsiz tomonga yo'l olishmoqda.

    Bangladesh suv toshqinlari va siklonlarga o'rganib qolgan bo'lsa-da, bu ofat aholini hayratda qoldirdi. Mahalliy aholi halokatda Hindistonni ayblab, mamlakat qo'shni Tripura shtatidagi Dumbur to'g'onidan suvni ogohlantirishsiz qo'yib yuborganini aytmoqda. Bunga javoban Hindiston hodisa ko'p yog'ingarchilik tufayli sodir bo'lganini ta'kidlab, qasddan harakat sodir etilganini rad etmoqda.

    CNN ma'lumotlariga ko'ra, har ikki mamlakatda suv toshqini oqibatida kamida 36 kishining hayotdan ko'z yumdi va 4,5 milliondan ortiq kishi jabrlandi. Bangladesh va Hindistonning 200 mingga yaqin aholisi uylarini tark etishga majbur bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.