Bangladeshda 1,8 millionga yaqin odam toshqindan jabr ko'rdi

    Bangladeshning deyarli 1,8 million aholisi mamlakat sharqida kuchli yomg'ir va daryolar sathining ko'tarilishi ortidan boshlangan toshqinlardan jabr ko'rdi.

    Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi mamlakat Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish va favqulodda yordam ko'rsatish vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

    Tabiiy ofat asosan Komilla, Feni, Chittagong, Kxagrachari, Noakxali va Maulvibazar tumanlariga zarar yetkazdi. U yerda favqulodda yordam ishlari davom etmoqda, 1,3 mingdan ortiq vaqtinchalik lagerlar ochildi, ularda evakuatsiya qilingan deyarli 18 ming aholi joylashtirildi.

    Bangladeshning shimoli-sharqiy va sharqiy qismidagi yirik daryolarda suv sathi ko'tarilishda davom etar ekan, suv toshqini bilan bog'liq vaziyat yomonlashishi mumkin, deydi rasmiylar. Bangladesh meteorologiya departamenti kelgusi ikki kun ichida o'rtacha va kuchli yog'ingarchilik bo'lishini taxmin qilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.