Poyezd halokati tunda Gazipur tumanida sodir bo'ldi. “Moxangandj” poyezdi Maymensingx shahridan poytaxt Dakkaga yo'l olgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, favqulodda holatga temir yo'lga ataylab shikast yetkazilgani sabab bo'lgan. Yetti vagon, jumladan, lokomotiv relsdan chiqib ketgan.

Hodisa joyiga yaqin o'rmonda gaz balloni topilgan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Favqulodda hodisa joyida o't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Hodisa sodir bo'lgan hududda poyezdlar harakati to'xtatildi, deb xabar beradi tass.ru.