Bu haqda Bangladeshning The Daily Observer gazetasi xabar bermoqda.

Hozirda unga nisbatan mamlakat bo'ylab 122 ta ish qo'zg'atilgan, shu jumladan 111 tasi qotillik bilan bog'liq. Ular ommaviy norozilik harakati paytida, namoyishchilar, xavfsizlik kuchlari, siyosiy yetakchilar va faollar o'rtasidagi to'qnashuvlarda ko'plab qurbonlar bilan yakunlangan voqealar bilan bog'liq. Shuningdek, Shayx Hasina odam o'g'irlash, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsidda ayblanmoqda.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Hasan Mahmud, sobiq ichki ishlar vaziri Asaduzzamon Xon va Adliya vazirligi rahbari Anisur Rahmon kabi yana bir necha o'nlab kishilarga ham ana shunday ayblovlar qo'yildi. Ayblanuvchilar orasida sobiq bosh vazirning singlisi Shayx Rehana, o'g'li Sajib Vazed Joy va qizi Sayma Vazed ham bor.

Ayblovlarda aytilishicha, 15-iyuldan 5-avgustga qadar Shayx Hasina va boshqa “Bangladesh milliy ligasi” yetakchilari va faollarining buyrug'i bilan tartibsiz otishmalar sodir bo'lib, ko'plab kishi qurbon bo'ldi.

Bangladeshning turli shaharlari ko'chalarida iyul va avgust oylarida sodir bo'lgan tartibsizliklar oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo'ldi, deb xabar beradi report.az.