Oʼrganishlar davomida, nomaʼlum firibgar tomonidan А.S.ning bank kartasidagi pullar Аndijon viloyatida yashovchi, kripto-aktivlarni olish-sotish bilan shugʼullanuvchi 21 yoshli J.А.ning bank kartasiga oʼtkazilganligi, J.А. esa ushbu mablagʼni dastlab kriptovalyutaga aylantirib, oʼzining hisobidan ushbu ekvivalentdagi 800 АQSh dollariga yaqin mablagʼlarni nomaʼlum firibgarning hisob raqamiga oʼtkazib berganligi maʼlum boʼldi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu noqonuniy qilmishni Qirgʼiziston Respublikasi fuqarosi, 24 yoshli O.S. Qirgʼiziston Respublikasi Bishkek shahrida turib amalga oshirgan.
Ushbu holat boʼyicha toʼplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.