Bu tashabbus Prezident farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Yangi imkoniyatlar:
- fuqarolar oʻz nomiga nechta bank kartasi ochilganini koʻra oladi;
- nechta SIM-karta rasmiylashtirilgani haqida maʼlumot oladi;
- zarur holatlarda portal orqali karta yoki raqamni yopish uchun ariza yuborishi mumkin boʻladi.
Shuningdek, banklar va mobil aloqa operatorlari axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya yoʻlga qoʻyilib, maʼlumotlar real vaqt rejimida almashiladi.