Masalan, kredit vaqtida qaytmasa, garovga qoʻyilgan mulk shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatida sotuvga chiqariladi. 3-4-yil oldin kredit olinganda 100 million soʻmga baholangan mulkning bugungi narxi 30-40 foiz qimmatlashsa, uni qanday qilib eski qiymatida sotish mumkin, deya savol qoʻydi Prezident.
“Toʻgʻri, muammoli kredit bilan qattiq shugʻullanish kerak, lekin bu tadbirkorni «tugatish” hisobidan boʻlmasligi zarur», - dedi davlat rahbari.
Endilikda garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam boʻlsa undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.