Gap shundaki, u hozirda oʻz otasi boshqarib kelayotgan bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikka oid 22,6 gektar yer maydonining 18,7 gektar qismini sotmoqchi boʻladi. Shuningdek, 200 mln soʻm evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi.

Xabarda aytilishicha, mazkur yer tuman hokimi qarori bilan ijaraga berilgan ekan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.