Tekshiruvda bankning Navbahor bank xizmatlari ofisi masʼul xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan 336 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek ushbu bankomat kassetasidan 98,8 mln soʻmni yechib olishib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.