Qonunda oʻzgartirish kiritilayotgan asosiy modda bunday bayon etiladi: “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari bank mijozi boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bankda mavjud boʻlgan hisob raqamlari, omonatlari (depozitlari), ulardagi pul mablagʻlarining qoldigʻi va operatsiyalar toʻgʻrisidagi hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlar ijrosi bilan bogʻliq tegishli maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir”
Shunisi qiziqki, hozircha ijobiy fikr-mulohazalar mavjud emas. Bunday oʻzgartirishlarni oydinlashtirish takliflari mavjud. “Oʻzgartirishlar loyihasi” asoslanmagan, sababi taklif etilayotgan tuzatish isbot-dalillarsiz taqdim etilgan, degan fikrlar bildirilmoqda. Bunday maʼlumotlar nima uchun zarur? Qanday vazifalarni amalga oshirish davlat bojxona xizmatida ehtiyojni yuzaga keltiradi? Bu haqda keng jamoatchilikni xabardor qilish zarur, aks holda bunday oʻzgartirish uni yashirin iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga xizmat qiluvchi “qonunlardan” biriga aylantiradi, deb hisoblashadi.
Boshqa nuqtayi nazar: loyihada: “...agar bu maʼlumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa”, deyilgan. Faraz qilaylik, ularga hisob raqamlari, omonatlar, pul mablagʻlarining qoldigʻi va tranzaksiyalar haqida xabar berishdi. Shundan keyin nima boʻladi? Inkasso topshiriqnomasini qoʻyishadimi? Ular inkasso topshiriqnomasini ushbu maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda ham qoʻyishlari mumkin. Yoki, agar bojxona bojini toʻlashmasa, sudga berish mumkin. Ular bojxona bojini toʻlamasliklari mumkinmi? Aksariyat hollarda yuklar bojxonadan faqat bojxona boji toʻlangandan keyin olib chiqiladi. Axir hisob raqam raqamini tekshirishning oʻzi bojxona bojlari toʻlanishini kafolatlamaydiku, shunday emasmi? Bunday ruxsatnoma vakolat doirasidan chetga chiqishni keltirib chiqaradi.
Boshqa fikr-mulohazalar taxminan shunday yoki ancha qatʼiy shaklda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Miryoqub Haydarov.