Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va oraliq banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibini belgilaydi.

Badallar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yaxlitlangan holda toʻlanadi.

Bankning bir yoʻla toʻlanadigan badali miqdori «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida«gi Qonunining 13-moddasida belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

Kalendar badal deganda bank tomonidan Jamgʻarmaga har chorakda toʻlanadigan pul mablagʻlari tushuniladi.

Bank hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay kalendar badalni toʻlashi lozim.

Bank tomonidan kalendar badalning toʻlanmagan summasiga har bir muddati oʻtgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravari miqdorida penya hisoblanadi.