Banklardagi omonatdan pul yechib olayotganda ushbu mablagʻning manbasi haqida maʼlumot talab qilinmaydi — Markaziy bank

    Moliya 20 Fevral 2025 1314

    Banklardagi omonat hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini yechishda uning kelib chiqish manbasi toʻgʻrisida maʼlumot talab qilinsa, Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga bogʻlanish soʻraladi.

    Markaziy bankning maʼlum qilishicha, amaldagi qonunchilikka asosan jismoniy shaxslar oʻzlariga tegishli omonat hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini yechib olayotganda ushbu mablagʻning kelib chiqish manbasi toʻgʻrisida maʼlumot talab qilinmaydi.

    Markaziy bank moliyaviy xizmatlar koʻrsatilishiga doir yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari hamda boshqa manbalar orqali doimiy ravishda oʻrganib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrib boradi, — deyiladi xabarda.