Markaziy bank axborot xizmatining xabariga koʻra, portal foydalanuvchilarga tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar (kreditlar, omonatlar, valyutalarni ayirboshlash, xalqaro pul oʻtkazmalari va boshqa xizmatlar)ni izlash, ular haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish, shuningdek, ularni oʻzaro taqqoslash hamda dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ushbu axborot portali notijorat va ijtimoiy loyiha boʻlib, isteʼmolchining vaqtini tejash, moliyaviy xizmatlar ommabopligini va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish kabi qator masalalarni hal etishga ham kamarbasta boʻlishi rejalashtirilgan.

Yangi axborot portali test rejimida ishga tushirilib, kelgusida foydalanuvchilardan kelib tushadigan takliflar va eʼtirozlar asosida yanada takomillashtirilib boriladi.