Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi, Qurilish, Energetika, Oliy taʼlim vazirliklari, Kadastr agentligi, Avtoyoʻllar qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi, Qurilish inspeksiyasi tizimida ham byurokratiya haligacha yuqoriligi koʻrsatib oʻtildi.
Ushbu vazirlik va idoralar rahbarlariga bugungi yigʻilishdan xulosa chiqarib, aholi va tadbirkorlarga xizmatlarni yengillashtirish topshirildi.
Umuman, barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda boʻlish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.