Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, SHES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.

Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:

      • uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari;
      • uskunalarning kompleks sinab koʻrilishi.

Energetika obyektlarida ishlashga maxsus maʼlumotga ega va tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslarga ruxsat beriladi.

Tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashgʻulotlarini oʻtishlari shart.

Shuningdek, Qoidalarda energetika obyektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.