Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Mehnat inspeksiyasi barcha taʼlim muassasalarida nazorat tadbirlari oʻtkazadi.
Soʻnggi kunlarda oʻqituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari boʻyicha eʼlon qilinayotgan xabarlar fuqarolarimizning mehnat huquqlari daxlsizligi xavf ostidaligini koʻrsatmoqda.
Maʼlumot uchun: OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ga yaqin oʻqituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari tasdigʻini topib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilgan.
Tegishli vazirlik va idoralarga qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablarini oʻrganish hamda ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, haftalik doirasida nafaqat ish beruvchilar balki, majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan barcha masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan ham javobgarlik choralari qoʻllaniladi.