"Barkamol avlod" maktabi o‘quvchilari Italiyada o‘tgan xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi

    Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari Italiya davlatining Pezaro shahrida bo‘lib o‘tgan "Sun of Italy" festivalida ishtirok etdi.

    3-6-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan festivalda Ispaniya, Andorra, Marokash, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Belgiya, Gruziya, Latviya, Ukraina kabi 10 dan ortiq davlatlardan jami 500 nafarga yaqin iqtidorli bolalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

    Bugun Xalqaro festivalning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival yakunlariga ko‘ra, o‘quvchilarimiz 2 ta yo‘nalish bo‘yicha sovrindor bo‘ldilar.

    "Tasviriy va amaliy san’at" yo‘nalishida:

    3 ta oltin
    2 ta kumush

    "Estrada vokal" yo‘nalishida

    2 ta oltin
    1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.