Biroz muddatli tanaffusdan soʻng yana qaytayotgan ushbu sport musobaqasida akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan sport turi hisoblanmish voleybol boʻyicha gʻoliblik uchun kurashadi.
Uch kun davom etadigan musobaqalarda barcha hududlardan gʻolib sifatida tashrif buyurgan qizlar jamoalari respublikaning eng kuchlilari nomini aniqlash uchun parketga chiqadi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilning dekabr oyidan boshlab “Barkamol avlod” sport oʻyinlarining respublika final bosqichiga start berilgan edi. Ortda qolgan vaqt davomida ushbu sport oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan 3 ta sport turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan 3 ta musobaqadan soʻng yakuniy jadvalni buxorolik sportchilar 41 ochko bilan boshqarib bormoqda. Jadvalning ikkinchi oʻrnidan 36 ochko bilan Xorazm viloyati vakillari joy olgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyati sportchilari bir xil – 33 ochko jamgʻargan holda egallab turibdi.