Film rejissyori Rustam Sa’diev Rossiyaning «Inferno» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda lokatsiyalar tanlashyapti. Unda kinokartinaning davomiy voqyealari suratga olinadigan maydonlar ko‘rib chiqildi.

«Baron-2» badiiy filmi terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi o‘tkir syujetli drama bo‘lib, unda murakkab tryuklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qo‘poruvchilik epizodlari tasvirlanadi.

Rollarda: Farhod Mahmudov, Baxshillo Fatullaev, Yulduz Radjabova, Dilnoza Kubaeva, Elyor Mahkamov, Shahzoda Matchonova, Nurmuhammad Husniddinov, Sergey Astaxov, Viktoriya Tolstoganova, Viktor Verjbitskiy, Igor Lifanov, Konstantin Solovyov, Gayrat Boymirzaev, Taukkel Mussilim, Amir Tairov, Kaan Urgandjioglu, Sefa Zengin, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.