Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasining BMT bilan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Uchrashuv davomida barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga oʻz vaqtida erishish borasida olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar, strategiyalar va davlat dasturlarining milliy maqsad va vazifalarga mosligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi, shuningdek, sohada olib borilayotgan samarali parlament nazorati toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha tajribasi butun dunyoga namuna sifatida taqdim etilayotganligi alohida taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida 2023-yil oktyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik” mavzusidagi II Global forumga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.