Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Asadning ta'kidlashicha, uning iste'foga chiqish niyati yo'q edi va qurolli muxolifat hujumi boshlangan kunlarda boshpana so'rashni xayoliga ham keltirmagan. Jangarilar Damashqqa bostirib kirganidan so'ng, u “Rossiya ittifoqchilari bilan kelishilgan holda va keyingi jangovar harakatlarni kuzatish maqsadida” Suriyaning Latakiya viloyatiga (Rossiyaning Xmeymim aviabazasi joylashgan) yo'l olgan va kechqurun Rossiyaga uchib ketgan.
Bayonotda u poytaxtning jangarilar tomonidan bosib olingani haqida Damashqni tark etganidan keyin bilganini da'vo qiladi. U terrorchilar qo'liga tushgan mamlakatda prezident bo'lib qolishni ma'nosiz deb hisoblagan, deb xabar beradi report.az.