Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yongʻin haqidagi xabar Moskva vaqti bilan soat 00:53 da kelib tushgan. Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganida yogʻochdan qurilgan bino batamom yonib boʻlgandi. Alanga 72 metr/kvadrat maydonni egallagan, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi FVV matbuot xizmati.
Abzelilovsk rayoni rahbariyatining xabariga koʻra, yonib ketgan binoda 16 kishi boʻlib, ularning besh nafari qutqarilgan. Qutqarilganlardan biri surunkali kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizilgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabarida taʼkidlanishicha, dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, pansionat xodimlari qutilib qolgan, faqat shu yerda turadigan qariyalar qurbon boʻlgan.
Tergov qoʻmitasi ehtiyotsizlik tufayli oʻlim holati kelib chiqishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻagan.
Manbaning xabar berishicha, pansionat bu yerda odamlarning yashashi uchun litsenziyaga ega emas ekan. FVV ning hududiy boshqarmasi maʼlumotga koʻra, bino shaxsiy xonadon sifatida foydalanilgan va bu yerda oʻt oʻchirish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.
Yongʻin esa olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish tufayli kelib chiqqan.
Abzelilovsk rayonida favqulodda holat eʼlon qilingan.
Huquqni muhofaza etish organi manbasi qurbon boʻlganlarning barchasining shaxsi aniqlanganligi toʻgʻrisida xabar berdi.
Bashkiriya rahbari Radiy Xabirov hududdagi qariyalar uchun yaratilgan barcha muassasalarini tekshirib chiqish haqida topshiriq berdi.
Rayon rahbariyati va FVV pansionatdagi yongʻin qurbonlarining qarindoshlarini qidirishni boshlagan, deb xabar beradi TASS.