Mazkur tashrif Mamlakatimizga yevropa davlatlaridan, xususan, Germaniyadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda Germaniya jamoatchiligini mamlakatimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Joriy yil 4-noyabrdan 10-noyabrga qadar delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lish rejalashtirilgan. Xususan, ular o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros ob’ektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshiradilar.
Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda bo‘lgan davrda, mamlakatimizning turizm salohiyati, o‘ziga xos madaniyati va tarixi haqida keng ko‘lamli reportajlar tayyorlaydi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.