Baxt – intilganniki, gʻalaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi

    Shu yilning oʻzida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

    «Biz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan oʻgʻil-qizlarimiz timsolida boʻlgʻusi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni koʻramiz.
    Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, isteʼdodli yoshlar – Yangi Oʻzbekistonning oltin avlodi, gʻururimiz timsolidir.
    Bugungi unutilmas damlarda men butun Oʻzbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman.
    Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting: baxt – intilganniki, gʻalaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi.
    Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir oʻgʻlonlarim, oqila qizlarim!
    Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch boʻladi», – dedi Prezident.