Buning oqibatida qishloq xoʻjaligining shudgor yerlariga, xususan, Baxt shahri “Xazina” mahallasining “Xamiyatli” koʻchasida 21 ta, “Tarovatli” koʻchasida 7 ta, “Ulugʻ yoʻl” koʻchasida 35 ta, “Peshqadam” koʻchasida 12 ta, “Yangi qurilish” koʻchasida 27 ta xonadonga suv kirgan, deya xabar bermoqda FVV.
Zudlik bilan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Baxt shahri IIBda tezkor shtab tashkil etilib, tuman hokimligi, FVB, IIB, MG xodimlari va mahalla vakillaridan iborat 3 ta ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh tomonidan suv toshgan xonadonlar aholisini xavfsiz hududlarga koʻchirish haqida ogohlantirish xatlari berilib, “Xazina” MFYdan 20 ta xonadonda yashovchi 68 nafar fuqaro vaqtinchalik yaqin qarindoshlari xonadonlariga koʻchirildi. Koʻchirilgan aholi uchun tibbiy va boshqa taʼminot tadbirlari tashkil etildi.