Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi

    Shu yilning 28-oktyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terxi Xakala xonim bilan uchrashdi.

    Bu Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni sezilarli natijalar bilan boyitish zarurati ortib borayotgani, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda muhim platforma boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidlandi.