Uchrashuvda TIV rahbari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili Janobi Oliylariga yetkazdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlik izchil va jadal rivojlanib borayotgani muhokama qilindi.
Gruziya tomonining ikki tomonlama aloqalarda mavjud ulkan imkoniyatlarni roʻyobga chiqarish borasidagi qatʼiy intilishini yuksak qadrlaymiz. Oʻzbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari ushbu ijobiy surʼatni mustahkamlash, xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida yanada samarali natijalarga erishish uchun barcha resurslarini safarbar etishiga kelishib oldik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.








