Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik aloqalarining mustahkamlanayotganini yana bir bor tasdiqlandi hamda keng qamrovli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishi muhokama qilindi.
Biz barcha sohalarda istisnosiz katta salohiyat mavjudligini taʼkidladik. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida yaqin hamkorlikni jadallashtirib, yanada aniq natijalarga erishish yoʻlida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.








