Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda tarixiy merosimizni asrab-avaylash, oʻrganish va targʻib etishning ahamiyati muhokama qilindi.

“Janob vazirning Oʻzbekiston haqidagi keng bilimlaridan hayratdamiz. Suhbatimiz davomida umumiy dinimiz, urf-odatlar va madaniy qadriyatlarga asoslangan anʼanaviy doʻstlik rishtalari muhimligini taʼkidladik“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.