Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan muloqot qildi

    Muloqot 2024-yilda erishilgan asosiy yutuqlar va 2025-yilga moʻljallangan ulkan rejalar haqida boʻldi.

    Biz birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi yaqin doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, barcha uchun porloq kelajak sari yoʻl ochishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik, — deb yozadi oʻzining Telegram kanalida.