Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

    Shu yilning 4-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan eng samimiy tilaklarni yetkazdi.

    Koreya Respublikasi Oʻzbekistonning azaliy va alohida strategik sherigidir. Rahbarlarimiz misli koʻrilmagan surʼat bilan rivojlanib borayotgan keng qamrovli munosabatlarimizda yangi sahifa ochdilar, — deydi Baxtiyor Saidov.