Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya Respublikasi Prezidentining joriy yil Iyun oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan muloqoti yuqori texnologiyalar, innovatsion iqtisodiyot, “yashil” energetika, aqlli qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda yanada faol hamkorlikka yoʻl ochgani qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha kelishuvlarni roʻyobga chiqarish, ayniqsa, iqtisodiy sohada yangi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorliklar muhokama qilindi.