баннер
26 Apr 2025
15:49

    Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston-Indoneziya biznes-forumida ishtirok etdi

    Ushbu forumda yetakchi kompaniyalar, davlat idoralari va moliya institutlarining 200 dan ortiq vakillari qatnashdi.

    Forumda, asosiy munozaralar turli sohalardagi salohiyatni ochish, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlik zarurligini taʼkidlashga qaratildi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Indoneziyaning yanada oʻzaro bogʻlangan ishbilarmonlik muhitini yaratishga intilishi alohida taʼkidlandi.

    “Oʻzbekiston-Indoneziya biznes-forumi ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi imkoniyatlar yaratish va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda jadal platforma boʻlib xizmat qildi“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech