Baxtiyor Saidov Quvayt Valiaxdi bilan uchrashdi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytda Valiahdi Shayx Saboh al-Xolid as-Saboh Hazrati Oliylari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda TIV rahbari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Saboh Aʼlo Hazratlari va Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh Hazrati Oliylariga eng samimiy salomlarini yetkazdi.

    Shuningdek uchrashuvda mintaqalarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalasida ochiq va samarali fikr almashildi.

    Kuvaytning mintaqaviy tashabbuslarimizni qoʻllab-quvvatlashini yuqori baholaymiz. Shu bilan birga xalqaro va mintaqaviy masalalarda hamkorlikni kuchaytirishga boʻlgan umumiy intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Oʻzaro hurmat, ishonch va mushtarak qadriyatlarga asoslangan Oʻzbekiston – Kuvayt munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish sari barcha imkoniyatlarimizni ishlatamiz, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.