Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida eʼtibor qaratilib,ikki Davlat Rahbarlari tomonidan Ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar bogʻliqliklarni chuqurlashtirish hamda koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish boʻyicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishda tashqi siyosat idoralari oʻrtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Bundan tashqari, taʼlim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish yoʻllarini muhokama qildik“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.