Tojikiston TIV rahbari B.Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Ikki mamlakat Prezidentlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi taʼkidlandi.

Oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va turli jihatlari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining telefon orqali muloqoti ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.