Uchrashuvda tashkilotga aʼzo barcha davlatlar bilan mustahkam hamkorlikni kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tashkilot doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni samarali hayotga tatbiq etish va istiqboldagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Budapeshtda boʻlib oʻtadigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qildik, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.