Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yoʻllarini oʻrganib chiqildi va iqtisodiy hamkorlik, sarmoyaviy va mintaqaviy barqarorlikka katta eʼtibor qaratildi.
“Yevropa Ittifoqi ishonchli va strategik sherik boʻlib qolmoqda va biz umumiy farovonlik yoʻlida hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdorimiz. Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ sammiti hamkorligimizni kengaytirish va hududlarimiz oʻrtasidagi yaqin aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich boʻladi“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.