(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

Xalqimizda “Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka ketadi”, degan maqol bor. Barakasi, tinchligi va xotirjamligi arigan oilada esa farovonlik bo'lmaydi. Bir oilaning ravnaqi mamlakat taraqqiyotiga daxldor ekani ham shundan.

(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

Mamlakatimizda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo'yicha muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ajrimlar kamayishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr` kuni mamlakat yoshlari bilan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish va oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida hamda yoshlar oyiligi doirasida joriy yilning 9 iyun` kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Bolalar musiqa va san'at maktabi va Boyovut tumani “Istiqlol” mahallasiida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshidagi “Ma'rifat targ'ibotchilar” jamiyati hamda hamkor tashkilotlar bilan bilan birgalikda “Baxtli oila” profilaktik aktsiyasi o'tkazildi.

(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

Aktsiya doirasida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarning muammolarini batafsil o'rganish, oiladagi muammolarni echimiga tizimli yondashgan holda ularni hal etish, oilaviy ajrimlarni barvaqt pofilaktikasini amalga oshirish hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish maqsadida amaliy seminar, yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.

(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

Seminarni Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi koshidagi “MA`RIFAT” targ'ibotchilar jamiyati a`zosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalkaro toifadagi spiker J.SHermuxamedova olib bordilar.

(foto: Anvar Tuychiev)

Tadbirga ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar, turmush qurish arafasida bo'lgan yigit-qizlar hamda tumanda istiqomat qiluvchi namunali oila vakillari ishtirok etishib, kelin-kuyov, qaynona-kelin, qaynota-kuyov, qudalar o'rtasidagi munosabatlar yuzasidan amaliy tushunchalar berib o'tildi. Aktsiya qiziqarli suhbatlar, fikr-mulohazalarga boy tarzda o'tdi.

(foto: Anvar Tuychiev)
(foto: Anvar Tuychiev)

Aktsiya so'nggida “Baxtiyor oila-baxtli kelajak” uchrashuvi tashkil etilib, 20,30,40 yil davomida namunali hayot kechirib kelayotgan Tog'aev, YUnusov, ernazarovlar (Sayxunobod tumani) hamda Markaev, G'ofurov va Mirzaevlar (Boyovut tumani) oilasiga esdalik sovg'alari topshirildi.

Anvar TUYCHIEV

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati

Kengashi raisining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi