Joriy yilning 30-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi “Moskva-Volgograd” avtomobil yo'lida yuz bergan avtohalokatda tan jarohati olgan fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi. Yurtdoshlarimiz bugun, 10-avgust kuni Urganch shahriga yetib keldi, deya xabar berildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy internet sahifalaraida.
Fuqaro B.G. va K.G.ning davolanishi bilan bog'liq xarajatlari sug'urta kompaniyasi hamda Volgograd viloyatidagi o'zbek diasporasi vakillari tomonidan yig'ilgan mablag'lar hisobidan to'lab berildi.
Ushbu fuqarolar shifoxonada to'liq reabilitatsiyadan o'tganidan so'ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Volgograd-Moskva-Urganch yo'nalishida aviachipta rasmiylashtirilgan.