Bayden sog'lig'ida muammo bo'lsa, saylovoldi poygasidan chiqishini aytdi

    AQShning amaldagi Prezidenti Jo Bayden, agar shifokorlar uning sog'lig'ida muammo borligini aniqlasa, saylovoldi poygasidan chiqadi, u bu haqda BET telekanaliga ma'lum qildi.

    Davlat rahbaridan noyabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovidan qanday shartlar bilan nomzodini qaytarib olishi mumkinligi so'raldi.

    “Agar menda qandaydir kasallik bo'lsa, kimdir – shifokorlar kelib, sizda shunday muammo bor deyishsa”, deb javob berdi Bayden.

    U avvalroq uning ahvoli qo'shimcha tibbiy ko'riklarni talab qilmasligini, biroq kerak bo'lsa, diagnostikadan o'tishga tayyorligini aytgan edi, deb xabar beradi ren.tv.